Foydalanuvchi qoʼllanmasi
Kim uchun: ERI bilan imzolaydigan shaxs, korxona rahbari, unga huquq bergan xodim yoki autsorser. Dasturchi-integrator uchun — API hujjatlari. Holat: 2026-09-30, yopiq pilot (ro'yxat taklif bilan).
1. Muhrdor nima
Bugun ERI kaliti pfx faylda: nusxalanadi, xodim bilan ketadi, «kim nimani imzoladi» hech qayerda yozilmaydi. Muhrdorda kalit seyf ichida turadi va hech qachon chiqmaydi; imzo serverda qo'yiladi; saytlar kutgan imzo dasturi o'rnida Muhrdor kengaytmasi ishlaydi — sayt farqni sezmaydi. Kalit egasi boshqalarga chegaralangan huquq beradi (qaysi sayt, qaysi hujjat, qachongacha), har imzo o'zgartirib bo'lmaydigan jurnalga tushadi, huquq bir tugma bilan bekor qilinadi.
Uch narsa:
- Kengaytma — saytlarda imzolash uchun; saytlar kutgan imzo dasturi o'rnida ishlaydi. Brauzer do'konidan o'rnatiladi: kompyuterda Chrome, Edge, Yandex, Opera, Firefox; telefonda Firefox (Android). Yo'l: muhrdor.uz/ornatish.
- Panel (
https://muhrdor.uz/panel/) — kalitlar, huquqlar, jurnal, a'zolar, sozlamalar. - Akkaunt — login JSHSHIR ingiz, parol, autentifikator ilovasi (6 raqamli kod).
Atamalar: ERI — elektron raqamli imzo (kalit + sertifikat); JSHSHIR — 14 raqamli shaxsiy identifikator (login); STIR — korxona raqami; huquq akti — kalit egasi imzolagan, kimga qaysi doirada imzolashga ruxsat berilgani yozilgan hujjat; daraja — «Nazorat» yoki «Kafolat» (5-bo'lim).
2. Ro'yxatdan o'tish
Pilot davrida ro'yxat taklif havolasi bilan: operator sizga taklif havolasini (MUHR-… kodli) yuboradi — u bir marta ishlaydi, muddatli. Havolani ochganda «Taklif havolasi bilan kirdingiz» ko'rinadi. Havolasiz «Ro'yxatdan o'tish» o'rniga «Ariza: info@muhrdor.uz» turadi.
Ikki yo'l:
A. «Yangi ERI olish» (kalit seyf ichida tug'iladi — «Kafolat» darajasiga yo'l).
- Panel: JSHSHIRni ikki marta kiriting → «Davom etish».
- «Kengaytmada davom etish» — kengaytma sizni ERI kabinetining «Face-ID orqali ERI olish» sahifasiga olib boradi; u yerda odatdagidek shaxs tasdig'idan o'tasiz. Kalit kabinetga emas, Muhrdor seyfiga tug'iladi; sertifikatni markaz beradi. Panelda «Holatni tekshirish». Bu qadam uchun 24 soat bor.
- Parol (kamida 10 belgi) → «Yakunlash».
- Autentifikator: QR kodni telefondagi autentifikator ilovasiga skanerlang, 6 raqamli kodni kiriting. Kod 5 marta xato — ro'yxat bekor, qaytadan.
- 10 ta tiklash kodi — yuklab oling, nusxalang yoki chop eting va xavfsiz joyda saqlang (telefon yo'qolsa faqat shu kodlar bilan kirasiz). Keyin saqlaganingizni tasdiqlash uchun kodlardan bittasini kiritasiz — u sarflanmaydi, faqat solishtiriladi. «Tayyor» ekranida qolgan kodlar soni ko'rinadi. Xavfsizlik sahifasida yangi to'plam olganda ham shu tartib.
Kengaytma oynasidan ham shu yo'l bor: «ERI olib ro'yxatdan o'tish» — avval «Yagona kalit majburiyati» bilan rozilik, so'ng 4 qadam. Taklif kodi maydoni: «Taklif kodi (pilot davrida)».
B. «ERI faylim bor» (pfx fayl HSM ga ko'chadi — «Nazorat» darajasi). «pfx fayl» va «pfx paroli» → «Davom etish». Fayl va parol saqlanmaydi; kalit HSM ga ko'chadi va qaytib chiqmaydi. Korxona sertifikati bo'lsa korxona ham yaratiladi, siz — rahbar. Fayl bilan ro'yxatdan o'tgan akkauntning shaxsi «fayl bilan tasdiqlangan» hisoblanadi («Nazorat» darajasi): pilot davrida huquq berish, a'zo qo'shish va korxona ochish ochiq; MyID ulangach qayta tasdiqlash so'raladi (yangi ERI olsangiz — hozir ham tasdiqlanadi, 14-bo'lim).
Oferta va maxfiylik siyosati e'lon qilingach ro'yxatda ularni qabul qilish so'raladi.
3. Kirish, PIN, qulf
Panel (/panel/): JSHSHIR + parol → autentifikator kodi. Birinchi kirishda PIN (6–8 raqam, parol bilan tasdiqlanadi): takroriy/ketma-ket raqamlar va tug'ilgan sana bo'lmasin. Panel 5 daqiqa harakatsizlikda qulflanadi — PIN (yoki passkey) bilan ochiladi; 5 marta noto'g'ri PIN — sessiya yopiladi. Panel sessiyasi 30 daqiqa — keyin qayta kirish.
Kengaytma: oynada login, parol, kod → «Kirish». 15 daqiqa harakatsizlikda qulflanadi (PIN); sessiya 8 soat. «Panel» tugmasi panelni shu sessiya bilan ochadi (60 soniyalik bir martalik kod). «Passkey bilan kirish» — panel orqali, keyin sessiya kengaytmaga qaytadi.
Passkey (Windows Hello, Touch ID, telefon): «Xavfsizlik → Passkeylar», 5 tagacha; kirish va qulfni ochish uchun.
Tiklash kodi bilan kirish (telefon yo'q): faqat «Xavfsizlik» ochiladi — autentifikatorni qayta ulang («Qayta ulash», QR, 10 daqiqa); imzolash yopiq.
Rejim «Muhrdor / O'chiq» (kengaytma): «O'chiq» — Muhrdor aralashmaydi, sayt odatdagidek ishlaydi.
4. Saytda imzolash
Saytga odatdagidek kiring va imzolang: saytning kalitlar ro'yxatida Muhrdor kalitlaringiz ko'rinadi, imzo serverda qo'yiladi, hech qanday qo'shimcha oyna yo'q. Kengaytma yoqilgan va sessiya ochiq bo'lsin (belgi «!» — kirilmagan yoki rad).
Kengaytma har qanday saytda ishlaydi (brauzer ruxsat so'ramaydi). Hujjat turini tanib imzolaydigan (adapterli) saytlar va sukut bo'yicha ishoniladigan portallar:
| Guruh | Saytlar |
|---|---|
| Adapterli (hujjat turi taniladi) | my.soliq.uz, oldmy.soliq.uz, didox.uz, e-imzo.soliq.uz, xt-xarid.uz, my.it-park.uz, hisobot.stat.uz, new.soliqservis.uz |
| Davlat portallari (sukut bo'yicha ishoniladi) | esi.uz, id.egov.uz, my.gov.uz, my.mehnat.uz, faktura.soliq.uz, singlewindow.uz, contract.customs.uz, e-auksion.uz, fo.birdarcha.uz, license.gov.uz, tasnif.soliq.uz, aslbelgisi.uz, e-notarius.uz, exsud.sud.uz |
| Savdo maydonchalari | UzEx (xarid, etender, milliydokon) |
| EHF operatorlari | didox, faktura, soliqservis, edocs, hujjat.uz, 1uz, hippo, 24m, invoice.uzasbo.uz va boshqalar |
Jami 110 ga yaqin portal (to'liq ro'yxat: muhrdor.uz/kengaytma).
Ishonilgan saytlar. Boshqa saytda imzolash uchun avval uni yoqasiz: sayt ochiq turganda kengaytma oynasini oching — «{sayt} — bu saytda Muhrdor yoqilmagan» → «Shu saytda yoqish» (brauzer ruxsat so'raydi, sahifa yangilanadi). Boshqa qurilmada yoqilganlar: «Boshqa qurilmangizda yoqilgan N ta sayt bor» → «Bu yerda ham yoqish». Ro'yxat: kengaytma «Sozlamalar» yoki panel «Xavfsizlik → Ishonilgan saytlar» («Olib tashlash»). Bu sizning kalitingiz uchun; huquq bilan olingan kalit uchun saytlarni kalit egasi aktda belgilaydi.
Rad etilsa tizim xabari «Muhrdor: imzo rad etildi (sayt)» chiqadi, sabab — kengaytma «Jurnal» da va panel «Imzolarim»/«Audit» da (13-bo'lim).
5. Kalitlar
Panel «Kalitlar»: har kalit — nom, seriya, muddat, holat («Faol», «Kutilmoqda» — sertifikat kutilmoqda, «O'chirilgan»), belgilar («yagona ✓», «tasdiqlanmagan», «buzilgan», «tavsiya», «import», «korxona», «huquq orqali»). «Tafsilot» — sertifikat ma'lumotlari va kabinet tekshiruvlari. Eksport yo'q — kalit HSM dan chiqmaydi.
Tugmalar: «Yangi ERI olish» (kengaytmaga o'tadi), «pfx dan import» (shaxsiy tashkilot yoki «Nazorat» darajasidagi korxona).
Kalitni o'chirish. «Tafsilot» → «O'chirish» (faqat egasi; parol qayta so'raladi). O'chirilgach: bu kalit bilan hech kim imzolay olmaydi, shu kalit bo'yicha berilgan barcha huquq aktlari bekor bo'ladi (oluvchilarga xabar boradi), kalit «Arxiv»ga o'tadi va qaytarilmaydi; seyfdagi obyekt 30 kundan keyin butunlay yo'q qilinadi. Eski import kaliti o'chirilsa, qolgan kalitlar seyfda tug'ilgan va tekshirilgan bo'lsa, tashkilot shu zahoti «Kafolat»ga o'tadi. ERI kabinetidagi sertifikat o'z-o'zidan to'xtamaydi — uni u yerda alohida to'xtating. Kengaytma va agent ro'yxatlarida o'chirilgan kalit ko'rinmaydi.
Yagona kalit bayonoti. Muhrdor kaliti yagona faol ERI ingiz bo'lishi kerak — aks holda bir imzo ikki joydan qo'yilishi mumkin. Panelda kalit kartasida yoki kengaytmada kalit qatorida «Tekshirish va imzolash» → uch qoida → tasdiq. Boshqa faol ERI topilsa panelda ro'yxati chiqadi: belgilaganingizni Muhrdor parol tasdig'idan keyin ERI kabinetida sizning nomingizdan to'xtatadi va qayta tekshiradi (to'xtatish qaytariladi — kabinetda «Aktivlashtirish»); yoki kabinetda o'zingiz to'xtating, keyin qayta tekshiring. Kabinet 7 kunda bir qayta tekshiriladi. Tasdiqlanmaguncha sayt hujjatlari imzolanmaydi («tasdiqlanmagan»); boshqa faol kalit topilsa — «buzilgan», to'xtaydi.
Darajalar. «Nazorat» — huquqlar, jurnal, bekor qilish ishlaydi; yagona kalit — tavsiya; pfx import mumkin. «Kafolat» — barcha kalitlar HSM da tug'ilgan, yagona va tasdiqlangan; import yo'q. Daraja tanlanmaydi, qozoniladi; tashkilot kartasida ko'rinadi.
Sertifikat muddati tugashiga yaqin bildirishnoma keladi; yangisi — «Yangi ERI olish».
6. Huquqlar
Kalit egasi xodim, buxgalter yoki autsorserga imzolash huquqini akt bilan beradi. Akt — egasining kaliti bilan imzolangan hujjat; oluvchi kalitni olmaydi, faqat aktdagi doirada imzolaydi; har urinish jurnalda.
Huquq berish («Huquqlar → Huquq berish», 4 qadam):
- Kimga — «Shaxs (JSHSHIR)» (u Muhrdorda o'z ERI si bilan ro'yxatdan o'tgan bo'lsin; «Topish» holatini ko'rsatadi) yoki «Xizmat akkaunti (client_id)» (integrator skripti, 11-bo'lim). O'zingizga berib bo'lmaydi — egasi aktsiz imzolaydi.
- Doira — saytlar va hujjat turlari (ro'yxat 4-bo'limdagi jadvalda; har sayt o'z hujjat turlarini beradi: hisobot, faktura, qabul, hujjat, kirish); «Boshqa» — ro'yxatda yo'q sayt yoki hujjat turi (
xml:…). «To'liq huquq» — barcha saytlar, barcha hujjatlar (faqat ishonchli o'rinbosarga; xizmat akkauntiga berilmaydi). Shartlar: «Summa ≤» va «Shakl kodi». Guruhlar («Soliq to'plami») va shablonlar («Faktura imzolash», «Soliq hisoboti», «Faqat kirish»). - Tur va muddat — «Doimiy» (bekor qilinguncha), «Muddatli» (30 kun / chorak / yil oxiri yoki sanalar), «Bir martalik» (bitta imzo).
- Akt xulosasi — matnni o'qing → «Aktni imzolash». Akt shu zahoti kuchga kiradi; oluvchi kengaytmada kalitni ko'radi.
Bekor qilish — aktning «Bekor qilish» tugmasi, sabab majburiy (aktga yoziladi, oluvchi ko'radi); darhol kuchga kiradi, qilingan imzolar qoladi. Aktni .p7b sifatida yuklab olish mumkin.
Huquq so'rash (oluvchi tomonidan): «Huquq so'rash» → kalit egasi (STIR yoki JSHSHIR) → doira va tur → xabar. Egasi «So'rovlar» da «Bitta imzo bilan tasdiqlash», «Ko'rib chiqish» (doirani toraytirib) yoki «Rad etish» (sabab bilan). So'rov 30 kun kutadi; «Qaytarib olish» mumkin.
Muhim: a'zolik roli (admin, auditor) imzo huquqi bermaydi — huquq faqat akt bilan.
7. Imzolarim va Audit
Imzolarim — siz qo'ygan imzolar: vaqt, hujjat (raqam/davr), sayt, kalit, asos (o'z kalit / huquq), PKCS#7 xeshi. Filtr: «O'z kalitim», «Begona kalit».
Audit (egasi, admin, auditor) — tashkilot jurnali. «Oddiy» — oddiy tilda, yangilari birinchi («Bugun / 7 kun / 30 kun / Hammasi»; «Imzolangan», «Rad etilgan», «Aktlar», «Kirish», «Kalitlar»); «Texnik» — har yozuv, filtrlar, «Eksport CSV/JSONL». «Tekshirish» — zanjir butunligi («Jurnal butun — hech kim o'zgartirmagan») va tashqi guvoh; jurnalni operator ham o'zgartira olmaydi. Xizmat akkaunti imzolari «(API)» belgisi bilan.
8. Tashkilotlar va a'zolar
Har akkauntda shaxsiy tashkilot (o'z kalitingiz) bor; korxona rahbari «Tashkilotlar → Korxona qo'shish» (STIR → «Reyestrda tekshirish») bilan korxonani ochadi va korxona ERI sini kengaytmada oladi («Sozlamalar → ERI olish uchun tashkilot»). Tashkilotlar orasida yuqori paneldagi tanlov bilan o'tiladi.
A'zolar (faqat korxona): egasi (rahbar, reyestrdan, o'zgartirilmaydi), admin (a'zolar va huquqlarni bekor qilish), imzolovchi (huquq olishi mumkin), auditor (jurnalni o'qiydi). «A'zo qo'shish» — JSHSHIR (u ro'yxatdan o'tgan bo'lsin) va rollar; «Chiqarish». Rahbar reyestrda o'zgarsa banner chiqadi.
Tasnif namunalari (karta «03», rahbar yoqadi; parol — oxirgi kirish yoki tasdiqdan 10 daqiqa o'tgan bo'lsa): yoqilsa korxona kalitlari bilan imzolangan hujjatlar nusxasi Muhrdor jamoasiga sayt adapterlarini (hujjat turi, summa, kontragent) yozish uchun shifrlangan holda 30 kun saqlanadi, keyin o'z-o'zidan o'chadi. Rejim: «Faqat adapter tanimagan hujjatlar» (tavsiya — tasnifi xml:…/json:…/noma'lum bo'lganlar) yoki «Barcha hujjatlar». Panelda faqat yozuvi ko'rinadi (vaqt, sayt, tur, hajm, xesh) — mazmun emas; rahbar istalganini yoki hammasini o'chiradi. Har saqlash/o'chirish jurnalda (sample.stored, sample.deleted). Hujjatlarda kontragentlar ma'lumoti bo'lishi mumkin — shaxsiy ma'lumotlar bo'yicha javobgar — tashkilot, Muhrdor — saqlovchi.
9. Bildirishnomalar
Kanallar: «Ilovada» (doim), Telegram («Ulash» → botga /start KOD, 10 daqiqa), e-mail va SMS (kod bilan tasdiqlash; serverda sozlanmagan bo'lsa shunday yoziladi). Har hodisa uchun kanalni tanlab «Saqlash»: imzo, rad, huquq o'zgarishi, kirish, xavfsizlik, sertifikat muddati… Tinch soatlar: Telegram va SMS 22:00–07:00 kutadi; xavfsizlik va rahbar o'zgarishi — darhol. Bildirishnomada hujjat mazmuni bo'lmaydi.
10. Xavfsizlik
«Xavfsizlik» sahifasi: «Hozir qulflash», «Boshqa qurilmalardan chiqish»; «Parolni o'zgartirish» (boshqa sessiyalar yopiladi); PIN; «Tiklash kodlari → Yangilarini yaratish» (eskilari o'chadi); «Passkeylar»; «Autentifikator ilovasi → Qayta ulash»; «Ishonilgan saytlar»; «Akkauntni yopish» (parol + «YOPISH» so'zi; kalitlar o'chiriladi, jurnal qoladi, qaytarilmaydi).
Tavsiyalar: tiklash kodlarini parol menejerida saqlang; passkey qo'shing; xodim ketganda — huquqni bekor qiling (kalit qolaveradi, chunki u sizniki), a'zolikdan chiqaring; noma'lum kirish bildirishnomasi kelsa — «Boshqa qurilmalardan chiqish» va parolni almashtiring.
11. API kalitlari (integratorlar, skriptlar)
O'z tizimingiz (skript, buxgalteriya dasturi, EDO) serverda imzolashi uchun xizmat akkaunti yaratasiz («API kalitlari → Yangi xizmat akkaunti»): client_id va client_secret — secret faqat bir marta ko'rsatiladi, skript sozlamasiga yozing. Xizmat akkaunti kalit emas: kalit egasi unga akt beradi («Huquq berish → Xizmat akkaunti (client_id)»), u faqat aktdagi saytlarda, faqat API orqali imzolaydi; har imzo jurnalda «(API)». «Secretni yangilash» — eski secret va tokenlar darhol o'ladi; «O'chirish» — qaytarilmaydi. 10 tagacha faol akkaunt. Dasturchi uchun — docs/api/README.md.
12. Demo
demo.muhrdor.uz yoki saytdagi «Demoni ko'rish» — namunaviy korxona rahbari sifatida: huquq berish, so'rovlar, a'zolar, jurnal ishlaydi; kalit yaratish, import va imzolash — yo'q. Demo sessiyasi 30 daqiqa, PIN yo'q.
13. Xabarlar va nima qilish
| Xabar | Ma'nosi | Nima qilish |
|---|---|---|
| Bu kalit uchun huquq berilmagan | Akt yo'q | Egasidan huquq so'rang («Huquq so'rash») |
| Huquq chaqirib olingan / muddati tugagan / hali boshlanmagan | Akt kuchda emas | Egasi yangi akt bersin |
| Bu tizim uchun ruxsat yo'q | Sayt aktda yo'q | Egasi aktga saytni qo'shsin |
| Bu hujjat turi uchun ruxsat yo'q / hujjat turi aniqlanmadi | Tur aktda yo'q yoki tanilmadi | Egasi turni qo'shsin (rad yozuvida tur ko'rsatiladi) |
| Bu sayt ishonilgan saytlaringiz ro'yxatida yo'q | O'z kalitingiz, sayt yoqilmagan | Kengaytma oynasida «Shu saytda yoqish» |
| Bir martalik huquq allaqachon ishlatilgan | Akt tugadi | Yangi akt |
| Yagona kalit majburiyati tasdiqlanmagan | Kabinet tekshiruvi o'tmagan | Kengaytmada «Tekshirish» |
| Boshqa faol ERI kaliti topilgan | Majburiyat buzilgan | Kabinetda boshqa kalitni to'xtating, qayta tekshiring |
| Hujjat huquqdagi cheklovga to'g'ri kelmaydi | Summa/shakl kodi sharti | Egasi shartni o'zgartirsin |
| Sertifikat muddati yaroqsiz | Sertifikat tugagan | «Yangi ERI olish» |
| Sessiya qulflangan / Kirilmagan | Kengaytma qulf yoki chiqib ketgan | Oynada PIN / kirish, sahifani yangilang |
| Login, parol yoki bir martalik kod noto'g'ri | Kirish rad | Tekshirib qayta; telefon yo'q — tiklash kodi |
| Juda ko'p urinish | Vaqtinchalik chegara | Biroz kutib qayta |
| Shaxsingiz fayl bilan tasdiqlangan | pfx bilan ro'yxat («Nazorat») | Hammasi ishlaydi; MyID ulangach qayta tasdiqlash so'raladi |
14. Tez-tez so'raladigan savollar
Kalitimni olib chiqsam bo'ladimi? Yo'q — HSM dan hech qanday yo'l bilan chiqmaydi; bu mahsulotning asosi. Boshqa joyda imzolash kerak bo'lsa — u yerda alohida ERI.
Parolni unutdim. Kirish ekranida «Kirolmayapsizmi?» → «Parolni unutdim»: JSHSHIR, ilovadagi 6 raqamli kod va bitta tiklash kodi → yangi parol. Kod sarflanadi, barcha ochiq sessiyalar yopiladi, passkeylar qoladi. Keyin yangi parol bilan kiring.
Telefonni yo'qotdim (autentifikator). «Kirolmayapsizmi?» → «Telefonni yo'qotdim»: parol va tiklash kodi bilan kiring → «Autentifikator ilovasi → Qayta ulash» → yangi tiklash kodlarini yarating.
Hammasini yo'qotdim (parol, telefon, kodlar). «Kirolmayapsizmi?» → «Hammasi yo'qoldi» — akkaunt ERI bilan qayta tasdiqlanadi, yangi akkaunt ochilmaydi:
- *Yangi ERI olish* — JSHSHIRni kiriting, kengaytmada ERI kabineti oqimini o'ting (Face-ID); sertifikatdagi JSHSHIR akkauntingizga mos kelsa, yangi kalit akkauntga qo'shiladi.
- *ERI faylim bor (pfx)* — akkaunt shu pfx bilan ochilgan bo'lsa, o'sha fayl va paroli yetadi.
Keyin yangi parol, autentifikator va 10 ta yangi tiklash kodi. Eski sessiyalar, passkeylar va PIN bekor bo'ladi; kalitlar, korxona, berilgan huquqlar va xizmat akkauntlari qoladi. Siz boshlamagan tiklash haqida xabar kelsa — darhol info@muhrdor.uz ga yozing. Eski ERI kabinetda faol bo'lsa, uni to'xtating (yagona kalit qoidasi, 4-bo'lim).
Xodim ketdi. «Huquqlar» da uning aktini bekor qiling (sabab bilan); «A'zolar» dan chiqaring. Uning qilgan imzolari jurnalda qoladi.
Buxgalter bir nechta korxona uchun imzolaydi. Har korxona rahbari o'z kaliti uchun buxgalterga (JSHSHIR bo'yicha) akt beradi; buxgalter kengaytmada barcha kalitlarni ko'radi va saytda tanlaydi. Skript bilan — xizmat akkaunti (11-bo'lim).
Boshqa imzo dasturi o'chirilsinmi? Shart emas: kengaytma «Muhrdor» rejimida uning o'rnini bosadi, «O'chiq» rejimida aralashmaydi — sayt odatdagidek ishlaydi.
Muhrdor xodimlari mening nomimdan imzolay oladimi? Yo'q. Imzo faqat siz imzolagan akt yoki sizning sessiyangiz bilan; operator, administrator va serverga kirish huquqi bo'lganlar ham siyosatni chetlab o'tolmaydi; har urinish jurnalda, jurnalni ular ham o'zgartira olmaydi.
Aloqa: info@muhrdor.uz, Telegram https://t.me/raxmatjon1245.