Xavfsizlik siyosati
Loyiha: matn yurist koʼrigidan oʼtmoqda; tasdiqlangan versiya shu sahifada eʼlon qilinadi. Hozircha faqat oʼzbek tilida.
1. Kalit HSM ichida yaratiladi va undan chiqmaydi
- Xususiy kalit apparat xavfsizlik modulida (PKCS#11) yaratiladi:
SENSITIVE,EXTRACTABLE=false,NEVER_EXTRACTABLE, nusxalash va atributni oʼzgartirish taqiqlangan. Kodda kalitni eksport qiladigan yoʼl yoʼq — buni har relizda avtomatik invariant testlar tekshiradi. - Kalit saqlagichining zaxira nusxasi olinmaydi: nusxa — nusxalash xavfi. Saqlagich yoʼqolsa egasi yangi kalit oladi (ochiq aytiladi, oferta 8.5).
- Import qilingan kalit (pfx, faqat Nazorat darajasida) HSM ga bir marta yoziladi va oʼsha atributlar bilan qulflanadi; fayl keraksiz boʼladi.
2. Sole control: imzo faqat egasining siyosati boʼyicha
- Har imzo soʼrovi siyosat modulidan oʼtadi: kim, qaysi kalit, qaysi sayt, qaysi hujjat turi, qaysi huquq akti. Ruxsat — bir martalik kriptografik token (Ed25519); HSM operatsiyasi tokensiz bajarilmaydi.
- Huquq aktlari faqat egasining oʼz kaliti bilan imzolanadi va bekor qilish darhol kuchga kiradi; bekor qilish va imzo niyati oʼrtasidagi millisekundlik oynada ham bekor qilingan huquq bilan imzo qoʼyilmaydi.
- Operator xodimlari uchun istisno yoʼq: siyosatdan tashqari imzo texnik yoʼl bilan emas, siyosat va audit bilan taqiqlanadi va jurnalda koʼrinadi.
3. Har imzo — audit yozuvi
- Imzolashdan oldin niyat yozuvi, keyin natija yozuvi: yozuvsiz imzo texnik jihatdan mumkin emas. Jurnal tashkilot boʼyicha alohida, xesh zanjiri bilan bogʼlangan, maʼlumotlar bazasi darajasida faqat qoʼshiladigan (UPDATE/DELETE trigger bilan taqiqlangan, ilova rolida bunday huquq yoʼq).
- Tashqi guvoh: har 15 daqiqada barcha zanjir boshlari Ed25519 bilan imzolanib server tashqarisiga chiqariladi va egasiga kunlik bildirishnomada yuboriladi — bazani qayta yozgan odam guvohga mos kela olmaydi.
- Egasi jurnalni istalgan vaqt tekshiradi (nazorat nuqtasidan yoki toʼliq) va eksport qiladi.
4. Kirish va sessiyalar
- Ikki omil: parol (scrypt xeshi) + bir martalik kod (TOTP) yoki passkey (WebAuthn); tiklash kodlari; bir martalik kod bir marta ishlaydi.
- Kengaytma sessiyasi 8 soat, panel sessiyasi 30 daqiqa; boʼsh turganda PIN bilan qulflanadi; «barcha sessiyalarni bekor qilish» va akkauntni yopish paneldan.
- Kirish urinishlari IP va login boʼyicha cheklangan; har kirish jurnalda va bildirishnomada.
5. Sirlar
- Bir martalik kod sirlari kalit halqasi bilan shifrlangan (AES-GCM, versiyali blob, kalit rotatsiyasi vositasi bor); parol va PIN faqat xesh koʼrinishida.
- HSM PIN va boshqa sirlar faqat muhit oʼzgaruvchilaridan, faylda faqat root oʼqiy oladi; ilova jarayoni migratsiya (egalik) rolining paroliga ega emas.
- Loglarda sirlar, tokenlar, soʼrov parametrlari, shaxsga doir maʼlumotlar yoʼq; har soʼrovga identifikator.
6. Infratuzilma
- Oʼzbekistondagi server; ilova alohida tizim foydalanuvchisi, systemd qattiqlashtirish (
ProtectSystem,NoNewPrivileges,PrivateTmpva boshqalar); demo instans alohida foydalanuvchi, baza roli va tokenda — prod ga yoʼli yoʼq. - TLS 1.3, HSTS, CSP; API soʼrovlari nginx da cheklangan; bogʼliqliklar xesh bilan qulflangan.
- Kunlik shifrlangan zaxira nusxa ikkinchi serverga (ikkinchi server faqat oladi, hech narsa qaytarmaydi); monitoring har 5 daqiqada, nosozlikda ogohlantirish.
- Kod ochiq repozitoriyda emas, lekin barcha oʼzgarishlar CI da (lint, tiplar, invariant va integratsiya testlari haqiqiy Postgres va SoftHSM bilan) tekshiriladi.
7. Insident
Server buzilgani, sir sizib chiqqani yoki kimdir boshqa odam nomidan imzolagani haqida shubha boʼlsa: avval toʼxtatish (imzolash butunlay toʼxtatiladi yoki barcha kalitlar oʼchiriladi — kalit materiali oʼchirilmaydi), keyin dalillarni saqlash (jurnalga tegilmaydi), keyin xabar berish — har egaga, 24 soat (aniqlashtiriladi) ichida, nima boʼlgani va nima qilish kerakligi bilan. Insident tartibi eʼlon qilingan: bu sahifadagi 7-boʼlim.
8. Zaiflik haqida xabar berish
Xavfsizlik zaifligi topsangiz: security@muhrdor.uz manzilni yaratish yoki info@muhrdor.uz. Biz 3 ish kuni ichida javob beramiz, tuzatilguncha oshkor qilmaslikni soʼraymiz va xabar bergan shaxsni taʼqib qilmaymiz.
9. Bizda nima yoʼq (halol roʼyxat)
- Tijorat HSM hali yoʼq (SoftHSM, dasturiy); tijoratgacha sertifikatlangan HSM.
- Bekor qilingan sertifikatlar roʼyxati (CRL/OCSP) tekshirilmaydi — egasi kalitni oʼchiradi.
- Bitta server, bitta jarayon: toʼxtab qolishi mumkin; yuqori mavjudlik tijorat bosqichida.
- Kalit zaxirasi yoʼq — ataylab.
Loyiha sanasi: 2026-09-26 · «MUHRDOR» MCHJ · info@muhrdor.uz