Brauzer kengaytmasi
Kengaytma — saytlarda ular kutgan imzo dasturi o'rnida ishlaydigan Muhrdor qismi. Sayt «imzolang» deganda so'rov kengaytma orqali Muhrdor serveriga boradi, imzo seyf ichida qo'yiladi, natija saytga qaytadi. Kalit kompyuteringizga tushmaydi, pfx fayl kerak emas. Yangi ERI olish (ERI kabineti oqimi) ham kengaytma orqali o'tadi — shuning uchun boshqaruv panelidagi «Yangi ERI olish» kengaytma o'rnatilmagan bo'lsa ishlamaydi.
Kengaytma har qanday saytda imzo so'rovlariga javob beradi (brauzer sayt bo'yicha ruxsat so'ramaydi). Qaysi saytdan imzo so'rovi qabul qilinishini server hal qiladi: 110 dan ortiq davlat va biznes portali sukut bo'yicha ishoniladi; boshqa saytda birinchi marta popup «Saytga ishonish» deydi — bir bosish, keyin avtomat. Ro'yxat — qo'llanmaning 4-bo'limidagi jadvalda (/qollanma).
Brauzerlar
- Kompyuter: Chrome, Edge, Yandex, Opera (Chromium, 111+) va Firefox (128+) — brauzer do'konidan.
- Telefon: Android da Firefox — xuddi shu kengaytma, Firefox Add-ons dan. Chrome Android kengaytma qo'llamaydi. iPhone va iPad — hozircha yo'q.
- Safari — yo'q.
O'rnatish
Eng qisqa yo'l — muhrdor.uz/ornatish: sahifa brauzeringizni aniqlab, kerakli do'kon tugmasini ko'rsatadi.
A. Brauzer do'konidan (asosiy yo'l)
- Chrome, Edge, Yandex, Opera: Chrome Web Store → «Add to Chrome».
- Firefox (kompyuter va Android): Firefox Add-ons → «Add to Firefox». Telefonda do'kon sahifasidagi QR ni Firefox bilan oching.
Do'kondagi versiya hozir 0.2.0; 0.3.0 ko'rikda. Do'kon kengaytmani o'zi yangilaydi — qayta o'rnatish shart emas.
O'rnatgandan keyin:
- Asboblar panelida belgini mahkamlang (puzzle belgisi → «Pin»).
- Belgini bosing → JSHSHIR, parol, autentifikator kodi bilan kiring (panel bilan bir xil akkaunt). Ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz — «Ro'yxatdan o'tish».
- Panelga qayting va «Yangi ERI olish» ni bosing, yoki saytda odatdagidek imzolang.
B. Zip fayldan (do'kon ochilmasa yoki kengaytmani o'zingiz boshqarmoqchi bo'lsangiz)
Zip bilan o'rnatilgan kengaytma do'kon orqali yangilanmaydi — har yangi versiyada zip qayta yuklanadi. Oddiy holatda A usuli.
- Yuklab oling: muhrdor-kengaytma-chrome.zip.
- Zip ni doimiy papkaga oching (masalan,
Hujjatlar\Muhrdor). Papka o'chirilsa kengaytma ham o'chadi. - Chrome da manzil qatoriga
chrome://extensionsyozing (Edge:edge://extensions, Yandex:browser://extensions). - O'ng yuqorida «Developer mode» / «Ishlab chiquvchi rejimi» ni yoqing.
- «Load unpacked» / «Ochilgan kengaytmani yuklash» → ochilgan papkadagi
muhrdor-kengaytmani tanlang (ichidamanifest.jsonbor). - Ro'yxatda «Muhrdor» paydo bo'ladi — keyin A usulidagi 1–3 qadamlar.
Firefox: muhrdor-kengaytma-firefox.zip → zip ni oching → about:debugging#/runtime/this-firefox → «Load Temporary Add-on» → papkadagi manifest.json. Firefox vaqtinchalik kengaytmani brauzer yopilganda o'chiradi — har safar qayta yuklanadi; doimiy o'rnatish faqat do'kondan.
Yangilash
Do'kondan o'rnatilgan kengaytma o'z-o'zidan yangilanadi. Versiyalar: 0.3.0 — yangi ko'rinish, PIN qulfi, imzo oldidan tasdiq oynasi, rad sabablari matni; 0.2.2 — sayt kirish modulini iframe ichida ochsa ham ishlaydi; 0.2.1 — har https saytda, brauzer ruxsat so'ramaydi; 0.2.0 — ikki bosqichli kirish ekranlari.
Zip bilan o'rnatilgan bo'lsa: yangi zip ni o'sha papkaga ustidan oching (eski fayllar almashadi), chrome://extensions da «Muhrdor» kartasidagi ↻ (Reload) ni bosing. Versiya kartada ko'rinadi; joriy versiya — yuklab olish sahifasidagi fayl nomida.
Lokal agent (Windows)
Brauzersiz ishlaydigan dasturlar (buxgalteriya, hisobot) uchun — kompyuterda saytlar va dasturlar kutgan imzo dasturi o'rnida turadigan kichik ilova. Kalit agentda yo'q, imzo serverda; huquq va jurnal kengaytma bilan bir xil. Pilot davrida so'rov bo'yicha beriladi (info@muhrdor.uz), o'rnatish tartibi agent bilan birga yuboriladi.
Ishlatish
- Belgidagi yozuv: hech narsa — kirilgan, imzolashga tayyor; ! (qizil) — chiqilgan yoki imzo rad etilgan; R — ro'yxat davom etmoqda; K — kuzatuv rejimi.
- 15 daqiqa harakatsizlikdan keyin kengaytma PIN so'raydi (panel PIN i bilan bir xil).
- Saytda «imzolash» tugmasi bosilganda popup da so'rov ko'rinadi: nima, qaysi kalit; siyosat rad etsa — sabab ko'rsatiladi (panel jurnalida ham).
- «Muhrdor» rejimi saytlar kutgan imzo dasturi o'rnida ishlaydi; «O'chiq» rejimida Muhrdor aralashmaydi, sayt odatdagidek ishlaydi (sozlamalarda).
Muammolar
| Belgi | Sabab | Nima qilish |
|---|---|---|
| Panel: «Kengaytma oʼrnatilmagan» | Kengaytma yo'q yoki o'chirilgan | Do'kondan o'rnating (A usuli); chrome://extensions da yoqilganini tekshiring |
| Panel: «Kengaytma javob bermadi» | Kengaytma boshqa serverga sozlangan (test/demo) | Kengaytma sozlamalarida manzil https://muhrdor.uz bo'lsin |
| Sayt «imzo dasturi topilmadi» deydi | Rejim «O'chiq» yoki chiqilgan | Belgini bosing, «Muhrdor» rejimi va kirganingizni tekshiring |
| Sayt ro'yxatda yo'q («sayt ishonilmagan») | Server bu saytdan imzo so'rovini qabul qilmaydi | Popup → «Shu saytda yoqish» (bir marta); ko'pchilik ishlatadigan sayt bo'lsa — info@muhrdor.uz, sukut ro'yxatiga qo'shamiz |
| Imzo rad etildi | Siyosat (akt doirasi, hujjat turi, vaqt) | Popup dagi sabab; kalit egasiga murojaat |
Savollar: info@muhrdor.uz, Telegram @raxmatjon1245.