Ommaviy oferta — xizmatdan foydalanish shartnomasi
Loyiha: matn yurist koʼrigidan oʼtmoqda; tasdiqlangan versiya shu sahifada eʼlon qilinadi. Hozircha faqat oʼzbek tilida.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu hujjat «MUHRDOR» masʼuliyati cheklangan jamiyati (STIR 313318900, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, toʼliq yuridik manzil (aniqlashtiriladi), keyingi oʼrinlarda — Operator) ning istalgan jismoniy yoki yuridik shaxsga (keyingi oʼrinlarda — Foydalanuvchi) Muhrdor xizmatidan foydalanish boʼyicha shartnoma tuzish haqidagi ommaviy taklifi (ofertasi)dir.
1.2. Oferta Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–369-moddalari (aniqlashtiriladi) ga muvofiq tuziladi. Roʼyxatdan oʼtishda «Oferta va maxfiylik siyosatini qabul qilaman» belgisini qoʼyish va roʼyxatni davom ettirish — ofertani toʼliq va soʼzsiz qabul qilish (aksept)dir. Qabul qilingan ofertaning versiyasi (sana) roʼyxat yozuvida saqlanadi.
1.3. Oferta muhrdor.uz saytida eʼlon qilinadi. Operator ofertani oʼzgartirishi mumkin; yangi versiya yangi sana bilan eʼlon qilinadi va eʼlon qilingan kundan 10 kun (aniqlashtiriladi) oʼtgach kuchga kiradi. Yangi versiya bilan rozi boʼlmagan Foydalanuvchi akkauntini yopishi mumkin (7-boʼlim).
2. Atamalar
- Xizmat — Muhrdor: elektron raqamli imzo (ERI) kalitlarini apparat xavfsizlik modulida (HSM) saqlab, server tomonida imzolash va kalit egasining nazorati ostida huquqlarni boshqarish platformasi: API, boshqaruv paneli (muhrdor.uz/panel), brauzer kengaytmasi va lokal agent.
- Kalit egasi — ERI kaliti oʼz nomiga (jismoniy shaxs) yoki oʼzi rahbarlik qiladigan yuridik shaxs nomiga berilgan Foydalanuvchi. Yuridik shaxs kalitining egasi qonun boʼyicha yuridik shaxsning oʼzi, kalitdan foydalanilishi uchun masʼul shaxs — uning rahbari («Elektron raqamli imzo toʼgʼrisida»gi Qonun, 27-modda).
- HSM — Operator boshqaradigan apparat xavfsizlik moduli. Xususiy kalit unda yaratiladi va undan hech qachon ochiq holda chiqmaydi: eksport, nusxalash, zaxira nusxaga yozish yoki Operator xodimlari tomonidan oʼqish texnik jihatdan nazarda tutilmagan.
- Huquq akti — Kalit egasi oʼz kaliti bilan imzolagan elektron hujjat: kimga (JSHSHIR boʼyicha), qaysi tizimlarda, qaysi hujjat turlari uchun, qaysi muddatga oʼz nomidan imzolash huquqi beriladi. Akt Operator serverida saqlanadi, egasi istalgan vaqt bekor qilishi mumkin; bekor qilish darhol kuchga kiradi.
- Imzolovchi — Huquq akti boʼyicha Kalit egasi nomidan imzolash huquqini olgan shaxs.
- Audit jurnali — har bir tashkilot uchun alohida, faqat qoʼshiladigan (oʼzgartirib va oʼchirib boʼlmaydigan), xesh zanjiri bilan bogʼlangan yozuvlar ketma-ketligi: har imzo niyati, har imzo natijasi, har rad, har huquq berish va bekor qilish, har kirish.
- Nazorat darajasi va Kafolat darajasi — tashkilotning texnik holati, kafolat majburiyati emas. Nazorat: barcha huquqlar, bekor qilish va audit ishlaydi; kalit tashqaridan (pfx fayldan) import qilingan boʼlishi mumkin. Kafolat darajasi: tashkilotning barcha faol kalitlari HSM ichida yaratilgan va e-imzo.uz kabinetida shu kalitdan boshqa faol ERI yoʼqligi tekshirilgan — yaʼni kalitning nusxasi hech qayerda yoʼqligi texnik jihatdan tasdiqlangan. «Kafolat» soʼzi bu yerda holatning nomi; u Fuqarolik kodeksi maʼnosidagi kafolat majburiyatini bildirmaydi. (yurist aniqlashtiradi)
3. Shartnoma predmeti
3.1. Operator Foydalanuvchiga quyidagilarni taqdim etadi:
- ERI kalitini HSM ichida yaratish va e-imzo.uz roʼyxatga olish markazidan sertifikat olish oqimida vosita sifatida ishtirok etish (kalit HSMda tugʼiladi, markazga faqat ochiq kalit uzatiladi — Qonun 22-moddasi);
- Kalit egasining oʼzi yoki Huquq akti boʼyicha Imzolovchi soʼrovi bilan hujjatlarni HSM ichida imzolash va saytlar kutadigan PKCS#7/CMS formatida qaytarish;
- huquqlarni boshqarish (berish, cheklash, bekor qilish), audit jurnali, uni tekshirish va eksport qilish, bildirishnomalar.
3.2. Operator roʼyxatga olish markazi emas, sertifikat bermaydi va sertifikatning haqiqiyligi uchun javob bermaydi. Sertifikat e-imzo.uz markazi tomonidan Kalit egasiga beriladi.
3.3. Sole control (yagona nazorat). Imzo faqat Kalit egasi belgilagan siyosat — uning oʼz imzosi bilan berilgan Huquq aktlari — doirasida qoʼyiladi. Operator, uning xodimlari, server maʼmuri yoki boshqa foydalanuvchi bu siyosatni chetlab oʼtolmaydi: HSM operatsiyasi faqat siyosat modulining kriptografik ruxsat tokeni bilan bajariladi, har imzo audit jurnalida niyat va natija yozuvi bilan qayd etiladi. Bu taʼminot siyosat va audit bilan amalga oshiriladi: Operator infratuzilmani boshqaradi va oʼz xodimiga nisbatan ham shu qoidalar amal qiladi; siyosatdan tashqari qoʼyilgan har qanday imzo jurnalda koʼrinadi va 8.2 boʼyicha Operator javobgarligiga kiradi.
3.4. Ikki omilli autentifikatsiya (parol + bir martalik kod yoki passkey) Qonunning 5-moddasi talabi boʼlib, oʼchirib qoʼyilmaydi.
4. Roʼyxatdan oʼtish va akkaunt
4.1. Roʼyxat ERI orqali (F1a oqimi: yangi kalit HSMda, sertifikat e-imzo.uz dan) yoki mavjud pfx faylni import qilish orqali (faqat Nazorat darajasida, «import qilingan» belgisi bilan) amalga oshiriladi. Foydalanuvchi shaxsi oʼz sertifikatidagi JSHSHIR bilan tasdiqlanadi.
4.2. Foydalanuvchi oʼz kirish maʼlumotlarini (parol, autentifikator, passkey, PIN) hech kimga bermaslik, sizib chiqqanda darhol parolni oʼzgartirish va sessiyalarni bekor qilish (panel, «Xavfsizlik» boʼlimi) majburiyatini oladi.
4.3. Bitta tasdiqlangan JSHSHIR uchun bitta faol akkaunt, bitta STIR uchun bitta korxona.
5. Tomonlarning majburiyatlari
5.1. Operator:
- kalitlarni HSMdan tashqarida hech qachon saqlamaydi va kalit materialini uchinchi shaxsga bermaydi;
- Xizmatni Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda yuritadi (Maxfiylik siyosati, 4-boʼlim);
- audit jurnalini oʼzgartirmaydi va oʼchirmaydi; jurnal boshlarini muntazam ravishda imzolab server tashqarisiga chiqaradi;
- xavfsizlik insidenti aniqlanganda imzolashni toʼxtatadi, Foydalanuvchilarni 24 soat (aniqlashtiriladi) ichida xabardor qiladi va eʼlon qilingan insident tartibiga amal qiladi;
- rejali texnik ishlar haqida kamida 24 soat (aniqlashtiriladi) oldin xabar beradi.
5.2. Foydalanuvchi (Kalit egasi):
- Huquq aktini faqat oʼzi ishonadigan shaxsga beradi va aktda koʼrsatilgan doira uchun Qonunning 27-moddasi boʼyicha oʼzi javob beradi; jismoniy shaxs kaliti bilan boshqa shaxsga huquq berishda bu masʼuliyat toʼliq egasida qoladi (yurist aniqlashtiradi);
- sertifikati bekor qilingan, muddati tugagan yoki roʼyxatga olish markazi tomonidan toʼxtatilgan boʼlsa, buni bilgan zahoti kalitni panelda oʼchiradi va Operatorni xabardor qiladi: Operator sertifikatlarning bekor qilinganlik roʼyxatini (CRL/OCSP) hozircha tekshirmaydi va bunday sertifikat bilan qoʼyilgan imzo uchun javob bermaydi (yurist aniqlashtiradi);
- Xizmatdan qonunga zid hujjatlarni imzolash uchun foydalanmaydi;
- Imzolovchilarni Xizmat shartlari va Maxfiylik siyosati bilan tanishtiradi.
5.3. Foydalanuvchi Xizmatning e-imzo.uz roʼyxatga olish markazi va my.soliq.uz, didox.uz kabi saytlar bilan oʼzaro ishlashi ochiq protokollar va saytlar kutadigan hujjat formati asosida amalga oshirilishini, uchinchi tomon saytlari oʼz shartlarini oʼzgartirishi mumkinligini tushunadi (yurist aniqlashtiradi).
6. Tariflar va toʼlov
6.1. Tariflar, kvotalar va narxlar muhrdor.uz saytida eʼlon qilinadi. Yopiq pilot davrida Xizmat bepul; pilot muddati va shartlari pilot shartnomasida belgilanadi.
6.2. Kvotadan oshish imzolashni toʼxtatmaydi: oshgan hajm hisobga olinadi va keyingi hisob- fakturaga kiritiladi. (yurist aniqlashtiradi)
6.3. Huquq boʼyicha imzolash Imzolovchi uchun pullik emas: toʼlovni faqat Kalit egasi oʼz akkaunti uchun qiladi.
7. Muddat, toʼxtatish, bekor qilish
7.1. Shartnoma aksept kunidan muddatsiz amal qiladi.
7.2. Foydalanuvchi istalgan vaqt akkauntini yopishi mumkin (panel, «Akkauntni yopish»): kalitlar oʼchiriladi, sessiyalar bekor qilinadi, akkaunt yopiq holatga oʼtadi; audit jurnali oʼchirilmaydi (9-boʼlim).
7.3. Operator quyidagi hollarda Xizmatni toʼxtatib turishi mumkin: xavfsizlik insidenti; Qonun yoki ushbu shartlarning buzilishi; 30 kun (aniqlashtiriladi) dan ortiq toʼlov qarzi (tijorat davrida). Toʼxtatish sabab bilan xabar qilinadi; imzolashning toʼxtatilishi hech qachon kalit materialini oʼchirmaydi.
7.4. Operator Xizmatni butunlay toʼxtatmoqchi boʼlsa, bu haqda kamida 60 kun (aniqlashtiriladi) oldin xabar beradi va Foydalanuvchiga audit jurnalini eksport qilish imkonini saqlab qoladi.
8. Javobgarlik
8.1. Operator Xizmatning ushbu shartlarga va eʼlon qilingan texnik tavsifga muvofiq ishlashi uchun javob beradi.
8.2. Operator siyosat chetlab oʼtilgan imzo — Kalit egasining Huquq aktisiz yoki akt doirasidan tashqarida Xizmat orqali qoʼyilgan imzo — natijasida Foydalanuvchiga yetkazilgan haqiqiy zarar uchun javob beradi. Javobgarlik chegarasi — Foydalanuvchi oxirgi 12 oyda Xizmat uchun toʼlagan summa (yurist aniqlashtiradi).
8.3. Huquq akti doirasida Imzolovchi tomonidan qoʼyilgan imzoning mazmuni va oqibatlari uchun Kalit egasi javob beradi (Qonun, 27-modda). Operator imzolanayotgan hujjat mazmunini tekshirmaydi.
8.4. Operator quyidagilar uchun javob bermaydi: roʼyxatga olish markazi va uchinchi tomon saytlarining ishlamay qolishi yoki shartlarini oʼzgartirishi; Foydalanuvchi kirish maʼlumotlarining Foydalanuvchi aybi bilan sizib chiqishi; bekor qilingan sertifikat bilan qoʼyilgan imzo (5.2); Xizmatga bogʼliq boʼlmagan sabablar (fors-major).
8.5. Kalit tiklanmaydi. Xususiy kalitning zaxira nusxasi yaratilmaydi: HSM saqlagichi yoʼqolganda kalit qaytarilmaydi va Kalit egasi yangi kalitni F1a oqimi orqali oladi; eski sertifikatni bekor qilish — egasining roʼyxatga olish markazi oldidagi vazifasi. Operator bunday holatda kalit yoʼqolishi uchun (yurist aniqlashtiradi) javob bermaydi; ilgari qoʼyilgan imzolar va audit jurnali oʼz kuchini saqlaydi.
8.6. Pilot davrida Xizmat ERI vositasi sifatida sertifikatlashtirilmagan (Qonun, 5-modda); bu holat pilot shartnomasida ochiq koʼrsatiladi (yurist aniqlashtiradi).
9. Audit jurnali va maʼlumotlarni saqlash
9.1. Audit jurnali imzolarning dalili boʼlib, faqat qoʼshiladi; Foydalanuvchi talabi bilan ham alohida yozuv oʼchirilmaydi yoki oʼzgartirilmaydi. Foydalanuvchi jurnalni istalgan vaqt tekshirishi va JSON Lines yoki CSV shaklida eksport qilishi mumkin.
9.2. Saqlash muddati: audit jurnali — akkaunt yopilgandan keyin kamida (yurist aniqlashtiradi); boshqa maʼlumotlar — Maxfiylik siyosatida.
10. Bildirishnomalar
10.1. Xizmat ichidagi bildirishnomalar panelda koʼrinadi. Telegram, e-mail yoki SMS orqali yetkazish — Foydalanuvchining oʼzi ulaydigan uchinchi tomon kanali (Maxfiylik siyosati, 6-boʼlim); Operator bu kanallarning yetkazishi uchun javob bermaydi va ular orqali kalit materiali yoki hujjat mazmunini hech qachon yubormaydi.
11. Intellektual mulk
11.1. Xizmat, uning dasturiy taʼminoti, «Muhrdor» nomi va belgisi Operatorga tegishli. Foydalanuvchining hujjatlari va imzolari Foydalanuvchiga tegishli; Operator ularni faqat imzolash va audit uchun qayta ishlaydi.
12. Nizolarni hal qilish, qonun
12.1. Shartnomaga Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi qoʼllanadi. Nizolar avval muzokara yoʼli bilan (info@muhrdor.uz ga yozma murojaat, javob muddati 10 ish kuni (aniqlashtiriladi)), keyin (yurist aniqlashtiradi) da hal qilinadi.
12.2. Xizmat boʼyicha barcha xabarlar Foydalanuvchining paneldagi akkaunti va u koʼrsatgan kanallar orqali; Operatorga — info@muhrdor.uz.
13. Operator rekvizitlari
«MUHRDOR» MCHJ · STIR 313318900 · Toshkent sh., Yashnobod tumani, manzil (aniqlashtiriladi) · info@muhrdor.uz · (yurist aniqlashtiradi)
MUHRDOR_TERMS_VERSION shu sana bilan oʼrnatiladi.*
Loyiha sanasi: 2026-09-26 · «MUHRDOR» MCHJ · info@muhrdor.uz