Maxfiylik siyosati
Loyiha: matn yurist koʼrigidan oʼtmoqda; tasdiqlangan versiya shu sahifada eʼlon qilinadi. Hozircha faqat oʼzbek tilida.
1. Kim qayta ishlaydi
Shaxsga doir maʼlumotlar operatori — «MUHRDOR» MCHJ (STIR 313318900, Toshkent sh., Yashnobod tumani, manzil (aniqlashtiriladi)), aloqa: info@muhrdor.uz. (yurist aniqlashtiradi)
2. Qaysi maʼlumotlar va nima uchun
| Maʼlumot | Qayerdan | Nima uchun | Asos |
|---|---|---|---|
| JSHSHIR, familiya, ism (ERI sertifikatidan), sertifikatning oʼzi va seriya raqami | roʼyxatdan oʼtishda, kalit sertifikati bogʼlanganda | shaxsni aniqlash; kalit egasi kim ekanini isbotlash; huquq aktida imzolovchini koʼrsatish (aktlar JSHSHIR boʼyicha beriladi) | shartnoma ijrosi; ERI qonuni 27-1-m. toifasi (aniqlashtiriladi) |
| Korxona nomi, STIR, rahbar | ERI sertifikati, roʼyxat | yuridik shaxs kalitini korxonaga bogʼlash | shartnoma |
| Login, parol xeshi, bir martalik kod siri (shifrlangan), passkey ochiq kaliti, PIN xeshi | siz kiritasiz | kirish, ikki omilli autentifikatsiya (ERI qonuni 5-m. talabi) | shartnoma, qonun |
| Kirish sessiyalari: vaqt, IP manzil, brauzer nomi (user-agent), mijoz turi | har kirishda | sessiyani boshqarish, «bu siz emasmi» bildirishnomasi, xavfsizlik | qonuniy manfaat YURIST |
| Audit jurnali: har imzo niyati va natijasi (hujjat xeshi, tur, sayt, vaqt, kim), radlar va sabab, huquq berish/bekor qilish, kirishlar, kalit hodisalari | xizmatdan foydalanganda | imzolarning dalili, sole control tekshiruvi, nizolarda isbot | shartnoma; ERI va elektron hujjat aylanishi qonunlari |
| Imzolanadigan hujjat mazmuni | imzolash soʼrovida | faqat imzoni hisoblash uchun; hujjat mazmuni saqlanmaydi, jurnalga faqat xeshi va tasnifi (masalan, «didox.uz/factura»), hujjat raqami/sanasi/summasi kabi identifikatorlari tushadi | shartnoma |
| Bildirishnoma kanali manzili (Telegram chat, e-mail, telefon) | siz ulaganingizda | tanlagan kanalingizga xabar yuborish | rozilik (ulash = rozilik) |
| Ishonchli saytlar roʼyxati, panel sozlamalari | siz belgilaysiz | imzolash faqat siz ishonadigan saytlarda | shartnoma |
| Texnik loglar: soʼrov identifikatori, yoʼl (soʼrov parametrlarisiz), status, vaqt | har soʼrovda | nosozliklarni topish | qonuniy manfaat |
Xususiy kalit — shaxsga doir maʼlumot emas va Operatorga ham maʼlum emas: u HSM ichida yaratiladi va undan chiqmaydi.
3. Nimani qilmaymiz
- Hujjatlaringiz mazmunini saqlamaymiz va oʼqimaymiz (faqat imzo hisoblanadi).
- Maʼlumotlarni reklama uchun ishlatmaymiz, uchinchi shaxslarga sotmaymiz.
- Kuzatuv treker va reklama cookieʼlari yoʼq. Sayt va panel faqat oʼz domenidan yuklanadi.
- Ism-sharifingizni faqat siz koʼradigan joylarda (panel, sizga bildirishnoma) ishlatamiz; boshqa foydalanuvchiga ismingiz faqat u sizga huquq berayotganda yoki huquq soʼraganda koʼrinadi.
4. Qayerda saqlanadi
Serverlar Oʼzbekiston Respublikasi hududida (Toshkent, serverplus.uz maʼlumotlar markazi): maʼlumotlar bazasi, HSM saqlagichi, zaxira nusxalar va loglar chegaradan chiqmaydi. Zaxira nusxalar shifrlangan holda Oʼzbekistondagi ikkinchi serverda saqlanadi (yurist aniqlashtiradi).
5. Qancha saqlanadi
| Maʼlumot | Muddat |
|---|---|
| Audit jurnali | Oʼzgartirilmaydi va oʼchirilmaydi: imzolarning dalili. Akkaunt yopilgandan keyin kamida 5 yil (aniqlashtiriladi), keyin (yurist aniqlashtiradi) |
| Akkaunt, sertifikat, huquq aktlari | akkaunt faol ekan; yopilgach — akkaunt «yopiq» holatda, sertifikat va aktlar jurnal bilan birga (dalil) |
| Sessiyalar | kengaytma — 8 soat, panel — 30 daqiqa; chiqishda darhol oʼchiriladi |
| Bildirishnomalar | 90 kun |
| Bildirishnoma kanali manzili | siz uzguningizcha |
| Texnik loglar | 30 kun |
| Zaxira nusxalar | 30 kun, shifrlangan |
6. Uchinchi tomonlar
- e-imzo.uz roʼyxatga olish markazi — kalit sertifikati olishda ochiq kalit va arizangiz markazga uzatiladi (siz boshlagan oqim). Yagona kalit tekshiruvi uchun, siz roziligingizni imzolagan boʼlsangiz, xizmat sizning kalitingiz bilan markaz kabinetiga kirib faol sertifikatlar roʼyxatini oʼqiydi (natija — faqat holat, roʼyxatning oʼzi saqlanmaydi) (yurist aniqlashtiradi).
- Saytlar (my.soliq.uz, didox.uz va boshqalar) — imzoni sayt soʼraydi va oladi; sayt nima saqlashi uning siyosatiga bogʼliq.
- Bildirishnoma kanallari — Telegram (Telegram Messenger Inc., serverlari Oʼzbekistondan tashqarida), e-mail provayderi qaysi, SMS (Eskiz.uz). Kanalni siz oʼzingiz ulaysiz; ulash — xabar matnini (voqea turi, kalit nomi, sizning ismingiz yoki «imzolovchi», sayt nomi; hujjat mazmuni hech qachon) shu kanal orqali yuborishga rozilik. Kanalni istalgan vaqt uzishingiz mumkin (yurist aniqlashtiradi).
- Infratuzilma — serverplus.uz (server ijarasi, Oʼzbekiston). Operator nomidan maʼlumotlarga kirish huquqi yoʼq; disk va zaxiralar shifrlangan.
Davlat organlariga maʼlumot faqat qonunda belgilangan tartibda, yozma soʼrov boʼyicha beriladi.
7. Sizning huquqlaringiz
- Koʼrish: panelda oʼz maʼlumotlaringiz, kalitlaringiz, huquq aktlaringiz va tashkilotingiz audit jurnali; jurnalni tekshirish va eksport qilish (JSON Lines, CSV).
- Tuzatish: ism-sharif va identifikatorlar ERI sertifikatidan olinadi — ular sertifikat orqali yangilanadi; login, parol, kanallar — panelda.
- Uzish: bildirishnoma kanallarini, ishonchli saytlarni, huquq aktlarini istalgan vaqt bekor qilish.
- Akkauntni yopish: panel, «Xavfsizlik» → «Akkauntni yopish» (parol va kod bilan): kalitlar oʼchiriladi, sessiyalar bekor qilinadi. Audit jurnali qonun va shartnoma boʼyicha saqlanadi (5-boʼlim) (yurist aniqlashtiradi).
- Shikoyat: info@muhrdor.uz; javob 10 ish kuni (aniqlashtiriladi). (yurist aniqlashtiradi)
8. Rozilik
Roʼyxatdan oʼtishda oferta va ushbu siyosatni qabul qilish belgisi qoʼyiladi; qabul qilingan versiya sanasi roʼyxat yozuvida saqlanadi. Huquq olayotgan imzolovchi ham oʼz akkaunti bilan shu tartibda roʼyxatdan oʼtadi va oʼzi rozilik beradi (yurist aniqlashtiradi).
9. Xavfsizlik choralari (qisqa)
Kalitlar HSM ichida; barcha ichki sirlar (bir martalik kod sirlari) kalit halqasi bilan shifrlangan; parol va PIN faqat xesh koʼrinishida; ikki omilli kirish; audit jurnali faqat qoʼshiladigan zanjir va tashqi imzolangan guvoh bilan; TLS 1.3; serverga kirish faqat kalit bilan; zaxira nusxalar shifrlangan. Toʼliq tavsif — «Xavfsizlik siyosati» hujjatida.
10. Insident
Shaxsga doir maʼlumotlaringizga tegishli insident aniqlansa, Operator (yurist aniqlashtiradi) ichida sizni akkauntingiz va ulangan kanallar orqali xabardor qiladi, nima boʼlgani va nima qilish kerakligini aytadi.
11. Bolalar
Xizmat 18 yoshga toʼlmagan shaxslarga moʼljallanmagan: ERI sertifikati voyaga yetganlarga beriladi.
12. Oʼzgarishlar
Siyosat oʼzgarganda yangi versiya sanasi bilan eʼlon qilinadi; muhim oʼzgarish haqida panelda bildirishnoma beriladi.
Loyiha sanasi: 2026-09-26 · «MUHRDOR» MCHJ · info@muhrdor.uz