Muhrdorni oʼrnating
Kengaytma brauzer doʼkonidan bir bosishda oʼrnatiladi. Kalit seyfda qoladi; saytda imzolash odatdagidek, qoʼshimcha dastursiz.
Brauzeringiz kengaytmalarni Chrome Web Store dan oladi. Doʼkon sahifasida «Add to Chrome» ni bosing.
Doʼkonda hozir 0.2.0, 0.3.0 koʼrikda. Yangilanish oʼz-oʼzidan keladi — qayta oʼrnatish shart emas.
Barcha yoʼllar
Kompyuterda — brauzer doʼkoni. Telefonda — Android da Firefox. Zip va agent — alohida holatlar uchun.
-
Chrome, Edge, Yandex, Opera
Kompyuterda. Chromium asosidagi barcha brauzerlar bitta doʼkondan oʼrnatadi.
-
Firefox — kompyuter va Android
Bitta kengaytma ikkalasida. Telefonda QR ni kamera bilan oching — Firefox da doʼkon sahifasi chiqadi.
Kamera bilan oching — Firefox da doʼkon sahifasi
-
Telefon
Android: Firefox orqali ishlaydi — saytlar telefonda ham imzo dasturini kompyuterdagidek chaqiradi. Chrome Android kengaytma qoʼllamaydi. iPhone va iPad — hozircha yoʼq.
-
Zip fayl
Doʼkon ochilmasa yoki kengaytmani oʼzingiz boshqarmoqchi boʼlsangiz. Brauzerning ishlab chiquvchi rejimi kerak, yangilanish qoʼlda.
-
Windows dasturlari uchun agent
Brauzersiz ishlaydigan buxgalteriya va hisobot dasturlari uchun lokal agent. Kalit agentda yoʼq, imzo serverda. Pilot davrida soʼrov boʼyicha beriladi.
Oʼrnatgandan keyin
-
Belgini mahkamlang
Asboblar panelidagi puzzle belgisi → Muhrdor → «Pin». Belgi doim koʼz oldida turadi.
-
Kiring
Belgini bosing: JSHSHIR, parol, autentifikator kodi — panel bilan bir xil akkaunt. Akkaunt yoʼq boʼlsa — «Roʼyxatdan oʼtish».
-
Imzolang
Saytda «imzolash» tugmasini bosganingizda imzo seyfda qoʼyiladi. Yangi ERI — paneldan, «Yangi ERI olish».
Qoʼllanmalar
- Brauzer kengaytmasiBrauzerlar, oʼrnatish usullari, yangilash, ishlatish, muammolar.
- Foydalanuvchi qoʼllanmasiRoʼyxat, kirish, saytda imzolash, kalitlar, huquq berish, jurnal.