Muhrdor
Kirish Pilotga ariza

Yopiq pilot — taklif asosida

Kalitni bermang.
Huquq bering.

Kalit seyfda qoladi; xodimga aniq huquq berasiz — qaysi saytda, nimani, qachongacha imzolaydi.

Boshqaruv paneli: bosh sahifa — eʼtibor talab qiladigan ishlar, soʼnggi imzolar, holat

Qanday ishlaydi

Kalit emas — huquq

Hozir

  • Kalit pfx faylda. Nusxasi kimda — bilmaysiz.
  • Xodim ketdi — kalit ham u bilan ketdi.
  • Kim, qachon, nimani imzolagan — yozuv yoʼq.
  • Bitta kalit hamma narsaga: hisobotdan shartnomagacha.

Muhrdor bilan

  • Kalit seyfda. Undan nusxa olib boʼlmaydi.
  • Xodim ketdi — huquqini bir tugma bilan chaqirib olasiz.
  • Har imzo jurnalda: kim, qayerda, nimani.
  • Har xodimga oʼz doirasi: sayt, hujjat turi, muddat.

Uch qadamda ishga tushadi

Xodim uchun ham, sayt uchun ham hech narsa oʼzgarmaydi: saytda odatdagidek «Imzolash» tugmasini bosadi.

  1. Kengaytmani oʼrnating

    Chrome yoki Edge kengaytmasi saytlar kutgan imzo dasturi oʼrnida ishlaydi. Dasturlar uchun — Windows agenti.

  2. Kalit oling

    Yangi ERI seyfda tugʼiladi va undan chiqmaydi. Eski pfx faylni koʼchirish ham mumkin — keyin fayl kerak boʼlmaydi.

  3. Huquq bering

    Kimga, qaysi saytda, qaysi hujjatni, qachongacha — siz belgilaysiz. Shu doirada xodim oʼzi imzolaydi, siz har safar tasdiqlamaysiz.

Namunaviy korxonada koʼring: demo — toʼqima korxona, haqiqiy panel.

Kim uchun

Ikki tomon — bitta tizim

Kalit egasi

Kalitni boshqaradi, huquq beradi

Korxona rahbari

«Kalitim buxgalterda, nima imzolanayotganini bilmayman.»

Kalit sizda qoladi. Buxgalter faqat hisobot va faktura imzolaydi, siz jurnalni koʼrasiz.

Tadbirkor

«Kalitim faylda. Kompyuter buzilsa — tamom.»

Kalit seyfda, kirish passkey bilan.

Moliya direktori

«Oʼnlab imzolovchi, filiallar, xodimlar almashib turadi.»

Rollar, huquq aktlari, auditor uchun eksport. Xodim ketsa — bir tugma.

Imzolovchi

Huquq oladi, kalit esa egasida qoladi

Buxgalter, autsorsing firmasi

«30 ta mijozning pfx fayllari mening kompyuterimda.»

Kalit mijozda, sizda — huquq. Kim nimani imzolagani jurnalda turadi.

Deklarant, broker

«Bir kunda yuzlab hujjat — begona kalit bilan.»

Bir martalik huquq bilan ishlaysiz. Har hujjat jurnalda, oʼrin sarflanmaydi.

Yurist, konsultant

«Bitta shartnoma uchun mijozning butun kalitini olish kerak.»

Bir martalik yoki muddatli huquq: faqat shu hujjat, faqat shu sayt.

Xavfsizlik

Himoya — vaʼdada emas, tuzilishda

Seyf (HSM) — banklar va davlat tizimlari ishlatadigan maxsus apparat qurilma. Kalit uning ichida imzolaydi va tashqariga chiqmaydi.

Kalit seyfdan chiqmaydi

Kalit seyfda yaratiladi yoki unga koʼchiriladi. Tashqariga chiqarish funksiyasi yoʼq.

Imzo — faqat egasi bergan huquq bilan

Huquqni faqat kalit egasi beradi. Siyosat va jurnal buni Muhrdor xodimi uchun ham taqiqlaydi: har imzo sizning aktingizga bogʼlanadi.

Hujjat mazmuni saqlanmaydi

Faqat xesh, sahifa havolasi va hujjat raqami saqlanadi. Mazmuni — yoʼq.

Jurnalni oʼzgartirib boʼlmaydi

Har yozuv oldingisiga bogʼlangan. «Jurnal butun» tekshiruvi doim ochiq.

Jurnal: har imzo — kim, qayerda, nimani; «Jurnal butun» holati

Javobgarlik chegarasi. Muhrdor — kalitni saqlash va imzolash huquqini boshqarish xizmati. Yuridik pozitsiya va sertifikatlash haqida — hujjatlarda.

Pilot

Yopiq pilot

Taklif asosida
Kim
Bir necha tashkilot, taklif asosida.
Qanday
Taklif havolasi → kirish → birinchi kalit. Biz yonma-yon turamiz.
Hali yoʼq
Narx, ommaviy roʼyxat, kafolatli xizmat darajasi — vakolatli organlar talablari bajarilgach.
Yordam
Telegram va pochta, ish kunlari.

Pilotga ariza qoldirish

Savol-javob

Koʼp beriladigan savollar

pfx faylni import qilsam-chi?

Kalit seyfga koʼchiriladi, fayl keraksiz boʼladi. Daraja — Nazorat. Yangi ERI olib, eski kalitni oʼchirsangiz, Kafolatga avtomatik oʼtasiz.

Xodim ishdan ketsa-chi?

Huquqini bir tugma bilan chaqirib olasiz. Kalit sizda qoladi — yangi ERI olish shart emas.

Boshqa imzo dasturi kerakmi?

Yoʼq. Kengaytma saytlar kutgan imzo dasturi oʼrnida ishlaydi. Sertifikatni odatdagidek markazdan olasiz: yangi kalit seyfda yaratiladi yoki pfx koʼchiriladi.

Saytlar farqni sezadimi?

Yoʼq. Kengaytma sayt bilan u kutgan tilda gaplashadi — sayt uchun hech narsa oʼzgarmaydi.

Kalitni qaytarib olsam boʼladimi?

Yoʼq — kalit seyfdan chiqmaydi, himoya shunda. Kerak boʼlsa, yangi ERI olasiz, eski sertifikat bekor qilinadi.

Muhrdor xodimi imzolay oladimi?

Yoʼq. Imzo faqat siz imzolagan huquq akti bilan chiqadi: siyosat va jurnal buni taqiqlaydi, har imzo aktga bogʼlanadi va jurnalda koʼrinadi — xodim uchun ham istisno yoʼq.

Maʼlumotlar qayerda saqlanadi?

Oʼzbekistonda — Toshkentdagi serverda. Hujjatning oʼzi saqlanmaydi: faqat uning xeshi, raqami va sahifa havolasi.

Deklarant kuniga 300 hujjat imzolaydi. Har birini tasdiqlashim kerakmi?

Yoʼq. Huquq doirasida imzolash avtomatik. Har imzo jurnalga yoziladi, lekin sizdan alohida tasdiq soʼralmaydi.

Nazorat va Kafolat darajalari nima?

Kafolat darajasiga avtomatik oʼtasiz (bu texnik holat, kafolat majburiyati emas — oferta 2-bandi): barcha kalitlar seyfda yaratilgan va yagona kalit tasdiqlangan boʼlsa. Qoʼshimcha toʼlov yoʼq. Import qilingan kalit bilan Nazoratda qolasiz.

ImkoniyatNazoratKafolat darajasi
Kalit seyfdan chiqmaydi✓✓
Huquqlar, chaqirib olish, jurnal✓✓
Mavjud pfx dan import✓—
Kalit seyfda tugʼilgan, hech qachon fayl boʼlmagan—✓
Yagona kalit majburiyatiTavsiyaMajburiy

Pilotga qoʼshiling

Pilot cheklangan sondagi korxonalar bilan, taklif asosida oʼtkaziladi. Arizangizni yoki savolingizni yozing — korxonangizga qanday moslashini birga koʼrib chiqamiz.